«Barselona» prezidenti Joan Laporta jamoa nima uchun Lionel Messini o'z safida saqlab qola olmaganini tushuntirdi.«Bizga bosim uyushtirildi: yo biz "CVC" jamg'armasi bilan shartnoma imzolaymiz, yoki moliyaviy halol o'yin qoidasini bajara olmaymiz. Boshqa variantlar yo'q edi.Messi bilan dastlabki kelishuvimiz bor edi. Biz o'zaro qo'l siqib kelishib olgandik. Kelishuvning turli variantlari mavjud edi. La liga ham bunga rozi bo'lgandi, ammo ular keyinchalik CVC bilan shartnoma imzolamadi va bizning kelishuvimizga ham rad javobini berdi. Vaziyat yaxshi tomonga o'zgarishidan umid qolmadi va bu tarixga yakun yasadik.O'ylashimcha, bu biz uchun ham, Messi uchun ham yomon bo'ldi. Shundan keyin boshqa gaplashmadik.Leoning «PSJ» safidagi debyut o'yinini ko'rdim. Uni boshqa jamoa futbolkasida ko'rish g'alati bo'ldi. Bu menga yoqmadi.Grizmanning jamoadan ketishi va jamoa sardorlari (Jerar Pike, Serji Buskets, Jordi Alba) maoshlarining kamaytirilishi ham Messini olib qolish uchun yordam bera olmasdi. Ammo maoshlarni qisqartirish muhim ahamiyatga ega. Boisi, keyingi mavsumda biz yanada kuchliroq bo'lib qaytamiz», – dedi Laporta.
7-Sentyabr 2021,22:20