Bugun uzoq kutilgan Evropa Chempionlar ligasi qaytadi. Shunchaki emas, bir qator olovli bahslar ila. Keling, bugun yaqin soatlar ichida boshlanishi kutilayotgan eng qiziqarli uch bahsga to'xtalib o'tamiz.
"Barselona" - "Bavariya"
"Barselona" bugun "Bavariya"ni o'z maydonida qabul qiladi. Kataloniyaliklar tarkibda bir qator yo'qotishlar bilan ushbu bahsga etib keldi. Shuningdek, o'yin taraflama ham klub hali shakllanib ulgurmagan. Moliyaviy muammolarni gapirmasa ham bo'ladi. "Ko'k-anorranglilar" bu qadar ko'p muammolar qarshisida bo'lsa ham, ularda g'alaba mentaliteti va yosh umidli futbolchilar mavjud. Ularning raqibida esa hammasi joyida desam adashmagan bo'laman. Flik yozda klubni tark etdi, ammo uning o'rnini Nagelsmann egalladi. U yangi jamoa qurishi shart emas. Shunchaki, o'z shogirdlariga yo'l-yo'riq ko'rsatib, to'g'ri qarorlar chiqarib tursa bas. Bu yigitlarning o'zlari hammasini amallashadi. Ochig'i, bugun Myunxen klubining g'alaba qozonish imkoniyati "ko'k-anorranglilar"nikiga qaraganda ancha baland. Ammo maydonda buning aksi bo'lishi mumkin yoki yo'q.
"Vilyarreal" -"Atalanta" Bu erda jamoalarning nomi emas, o'zaro tenglik birinchi planga chiqmoqda. "Vilyarreal" o'tgan mavsum "Manchester Yunayted"ni mag'lub etib, Evropa ligasi g'olibi bo'ldi va bu mavsum ham "sariq suv osti kemasi" muvaffaqiyatli o'yinlarini davom ettirishmoqda. Ularning raqibi "Atalanta" hujumkorlik jihatdan Evropaning grand klublaridan qolishmaydi va aksar gigantlardan ham ko'proq gol urishni uddalab kelmoqda. Bu mavsumni ular hozircha yaxshi boshlay olmadi. Mayli, buning ahamiyati yo'q. Baribir EChLga har qanday klub o'zgacha yondashadi. Men mazkur uchrashuvning gollarga boy o'tishini kutmoqdaman. Katta ehtimol ham shunday bo'lsa kerak.
"Chelsi" - "Zenit" "Chelsi" amaldagi Chempionlar ligasi g'olibi hisoblanadi. Chindan ham, Tuxel qo'l ostida bu klub yangi bosqichga chiqa oldi. So'nggi yillarda klub quvnoq futbol ko'rsatayotgan edi. Hozir bu jihat saqlanib qolgan va qo'shimcha tarzda tartibli futbol ham ularning DNKsiga kirib keldi. "Aristokratlar" APLda yaxshi start oldi. Menimcha, bu klub katta sovrinlar uchun bemalol kurasha oladi. Xo'sh, raqib klubga to'xtalib o'tamiz. "Zenit" ham tittullar uchun kurashishga qodir, ammo faqatgina RPL yoki Rossiya kubogida. Evropada ular o'rtamiyona va xatto undan ham pas darajadagi klublardan biri sanaladi. Agar, bugun ular raqiblarini mag'lub etsa, buni sensatsiya deb atasak bo'ladi. Buning aksi sodir bo'lgan taqdirda, hech kim ulardan hafa bo'lmaydi.Bugun kimdir o'zi muxlislik qiladigan klubi o'yinini tomosha qilar va yana kimdir ko'ngli tusagan o'yinni kuzatar. Nima bo'lishidan qati nazar Chempionlar ligasi qaytdi. Xullas, muxlislar o'rtasida qiyin tanlov turibdi. Ayrim qiyinchiliklarda o'ziga yarasha gasht bo'ladi. Hozir shunday holatda turibmiz...
14-Sentyabr 2021,21:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0