«Barselona» va krosslar esimni taniganimdan beri antonim bo'lib keladi. Jamoa hatto standart vaziyatlarni ham mayda pas bilan davom ettirar, bosh bilan esa, faqat katta bayramlarda (EChL finali, masalan) urardi.La liganing 5-turi doirasida bo'lib o'tgan «Granada»ga qarshi o'yinda (1:1) kataloniyaliklar 54 (!) kross amalga oshirdilar. Bu nafaqat Ispaniya, balki APL uchun ham normal holat emas. Masalan, 5-turda hech qaysi ingliz jamoasi bu raqamga olib chiqmagan krosslar sonini. Bu tarzda to'p uzatmalarni eng ko'p amalga oshiradigan «Liverpul» hisobida besh turda 150 kross bor, ya'ni o'rtacha bir o'yinga 30 tadan to'g'ri keladi.So'nggi turda Angliyada eng ko'p krossni «Byornli» (41) amalga oshirgan. Gol urishning boshqa yo'lini bilmaydigan g'irt britan jamoa. «Byornli».«Barselona» esa, bunday statistika yuritila boshlagandan beri, faqat bir marta, 2005 yilda «Malaga»ga qarshi ko'proq kross amalga oshirgan ekan - 55 ta.Ushbu mavsumda ham bir o'yinda o'rtacha 10-15 bunday uzatmalar amalga oshirib kelgan Kuman shogirdlari o'yin uslubini o'zgartirmoqchimi, yo sabab Lyuk De Yongning bir taym maydonda harakat qilganimi yoki hammasi shunchaki ilojsizlikdanmi, keyingi o'yinlar ko'rsatadi.Darvoqe, yagona gol Arauxo tomonidan bosh bilan urildi. Boshqa ehtimol ham yo'q edi, manimcha.Qahramon Aslanov.
21-Sentyabr 2021,07:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0