Terri Anri «Barselona» bosh murabbiyligi uchun asosiy da'vogarlardan biriga aylandi, deya xabar beradi Mundo Deportivo.
Nashr ma'lumotlariga ko'ra, «ko'k-anorranglilar» rahbariyati jamoani uning sobiq o'yinchisiga ishonib topshirmoqchi. Shu munosabat bilan frantsuz va Xavi nomzodlari ko'rib chiqilmoqda.
Shuningdek, jamoa qisqa ro'yxatidan Belgiya terma jamoasining amaldagi murabbiyi Roberto Martines ham o'rin olgan.
Eslatib o'tamiz, «Barsa»ning amaldagi murabbiyi Ronald Kumanning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Ma'lumot uchun, Anri futbolchi sifatida 2007 yildan 2010 yilgacha bo'lgan muddatda kataloniyaliklar sharafini himoya qilgan. Faoliyatini tugatgandan so'ng, u murabbiy sifatida «Arsenal» va Belgiya terma jamoasi shtabida ishladi.
23-Sentyabr 2021,14:10