Lionel Messi yozgi transferlar oynasida hammani hayron qoldirgan holda «Barselona»ni tark etdi. U Parijga yo'l oldi. Shunday bo'lsa ham, u «PSJ»ga kelganidan beri o'z qiymatini isobotlab bera olganicha yo'q. 34 yoshli futbolchi Frantsiya giganti bilan o'tgan oyda haftalik 1 million funt maoshga kelishib oladi. Ammo u 3 marta maydonga tushirilgan bo'lsa ham hali o'zini ko'rsata olmadi. Sobiq futbolchi Maykl Oven Messi «PSJ»ni zaiflashtirishini aytgan edi. Darhaqiqat, u maydonga tushgan o'yinlarda na gol va na assist amalga oshirdi. Leo «Lion» bilan bo'lgan o'yinda asosiy tarkibda ko'rinish berdi, lekin foyda ko'rsatmadi. Almashtirilganda esa, o'z ustozi Pochettino qo'lini «quruq qoldirib ketdi».
Shaxsiy muammolar
Messi garchand Frantsiyaga avgust oyida kelgan bo'lsa ham, rafiqasi va farzandlari bilan doimiy yashash joyi, uy topa olmadi. Ular ayni damda bir kechasi 17 ming funt turuvchi besh yulduzli «Royal Monceau»da yashamoqda. 6 karra «Oltin to'p» sohibi hozirda Parij tashqarisida joylashgan qiymati 41 million funt-sterlingga teng bo'lgan qasrni ijaraga olish bo'yicha muzokara olib borayotgani aytilgan. Messining yurtdoshi va jamoadoshi bo'lgan Anxel Di Maria so'zlariga ko'ra, Leo mehmonxonada yashayotgani uchun muxlislardan hech qaerga qocha olmaydi: «Leo kechki ovqatga kelgan paytida, u bilan doimo qo'riqlash xizmati avtoulovlari yo'ldoshlik qiladi. Bu erdagi insonlar juda ham madaniyatli. Agar istasangiz, muxlislar hech qanday qarshilik sizni yolg'iz qoldirishadi. Ammo hozir Leo hech qaerga keta olmaydi. Chunki unda hali bunday imkoniyat mavjud emas. Harxolda, Barselonadagi kabi...»
Jarohat
So'nggi o'yindagi Messining almashtirilishiga sabab uni jarohatlangani bo'lishi mumkinligi ham aytildi. Talabchan Pochettinoning so'zlariga ko'ra, Messi o'shanda taktik sabablarga ko'ra almashtirilgan va Messi bilan shaxsiy muammolari mavjud emas. Shunga qaramay, seshanba kuni «PSJ» klubi Janubiy Amerika chempionining chap oyoq tizzasida suyak bilan bog'liq muammo borligini ma'lum qildi. Shu sabab Messi kecha, «Mets» bilan bo'lgan bahsni o'tkazib yuborishga majbur bo'lgan.
Uy sog'inchi
Ispaniya ichki chempionati tashkillashtiruvchisi bo'lgan La Liga reglamentiga binoan «Barselona» Messi bilan shartnomasini uzaytira olmadi. Shundan so'ng, argentinalik Barselona shahrini rostakamiga tark etishga majbur bo'ladi. Klub bilan xayrlashuv marosimida Messi ko'zlarida yosh bilan quyidagi gaplarni aytgan edi:«Men bu erda ko'proq qolishimga amin edim. Bu mening uyim, bizning uyimiz. Men «Barsa»da qolishni istagandim. Bu oldindan rejalashtirilgan bitim edi. Afsuski, bugun barcha bilan xayrlashishga majbur bo'lyapman. Men judayam xafaman, negaki bu erni tark etgim kelmayapti. Men Barselona shahrini va bu klubni sevaman. Bu erda bir umr qolishni istardim. Bu uchun qo'limdan kelganini qildim...»Ha, bu so'zlar futbolchining ayni qalbidan chiqqan nido edi. U haliyam o'z klubini sog'inmoqda va ehtimol shu sababdan o'yinida keskin pasayish kuzatilgandir.
ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi
24-Sentyabr 2021,15:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0