«Barselona» yaqin soatlarda bosh murabbiy Ronald Kumanni ishdan bo'shatish niyatida emas, deb xabar beradi Lequipe nashri.Manbaga ko'ra, 30 sentyabr, payshanba kuni «ko'k-anorranglilar» rahbariyatining yig'ilishi rejalashtirilgan bo'lib, ular inqirozli vaziyatda jamoa bilan nimalar qilish haqida muhokama qilishadi. Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2 -tur uchrashuvida «Barselona» «Benfika»ga yirik hisobda yutqazib qo'ydi (0:3). Birinchi turda kataloniyaliklar «Bavariya»ga ham shu hisobda mag'lub bo'lishgan edi. «Barselona» o'z guruhidagi turnir jadvalida oxirgi o'rinda joylashgan.Avvalroq, Kuman o'rniga «Barselona» bosh murabbiyi lavozimiga nomzodlar «Al-Sadd» murabbiyi Xavi va Belgiya terma jamoasini boshqaradigan Roberto Martines ekanligi ma'lum bo'lgan.
30-Sentyabr 2021,08:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0