"Messini juda ham yaxshi ko'raman. Biroq vaqtlar o'tib tushunasanki, baribir ikki tomon ham kelisha olmaydi.
Ha, barcha uning qolishini istadi. Ammo tushayotgan taklif uni bosim ostiga solib qo'ydi. U "Barsa"da qolmaydigan bo'lsa, PSJga o'tishini bilardi.
U "Barselona" tarixidagi eng yaxshi futbolchi sifatida eslanadi va men shunday bo'lib qolishini istardim. U "Barselona"dan ketgunicha PSJdan yirik taklif olganini bilardik.
Leo qarorini chiqarganida ham buning "Barselona" foydasiga ishlashini aytdi. O'shanda Messi o'zining xizmatlarini tekinga taklif qilishiga umid bog'lagandim. Lekin bunday toifadagi futbolchilar hech qachon bu kabi ish qilmaydi.
Oramizdagi munosabatlar a'lo darajada. Agarda biz taklifimizni yaxshilaganimizda u qolgan bo'lardi. Biroq o'shanda biz qonun-qoidalarni buzgan hisoblanardik", - dedi Laporta.
8-Oktyabr 2021,16:15
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0