"Barselona" rahbariyati Roberto Martines nomzodidan voz kechdi
Belgiya termasi bosh murabbiyi Roberto Martines katta ehtimol bilan "Barselona"ni boshqarmaydi.
"Esport3" xabariga ko'ra, kataloniyaliklar rahbariyati Ronald Kumanning o'rniga nomzodlarni muhokama qilgan. Unda klubdagilar Roberto Martinesning nomzodini ma'qullamagan.
"Barselona" "Real"ga qarshi o'yindan keyin jamoa bosh murabbiyini o'zgartirishi kutilmoqda. Biroq klubdagilar ayni damda biror nomzod borasida to'xtamga kela olmagan.