Pedri va Ferran Torres koronavirusga manfiy test topshirdi va "Real" bilan o'yinga tayyor
"Barselona" futbolchilari Pedri va Ferran Torres koronavirusga manfiy test topshirdi.
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ikki o'yinchi ham endi jamoa bilan shug'ullanishi mumkin. Shuningdek ular "Real"ga qarshi Ispaniya Superkubogi yarim finali doirasida o'ynashga tayyor.
"Barselona" - "Real" o'yini ertaga Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tadi.