Manbaning xabar berishicha, "qirollik klubi"  "ko'k-anorranglilar"ning 22 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirish masalasidagi chigal holatidan foydalanib qolmoqchi. 

Agar Kataloniya jamoasi Arauxo bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishmasa, u 2023 yilda erkin agentga aylanadi.

"Real" urugvaylik futbolchiga 2018 yildayoq og'iz solgan, ammo u o'shanda "Barsa"ni tanlagandi.