Levandovski "Barselona"da "Bavariya"dagidan 3 baravar kam maosh oladi
Hujumchi Robert Levandovskining "Barselona"ga o'tishidagi moliyaviy ma'lumotlar oshkor bo'lmoqda.
33 yoshli futbolchining Kataloniyadagi yillik maoshi 9 million evroni tashkil qiladi. Eslatib o'tamiz, Robert "Bavariya"da yiliga 24 million evro maosh olgandi.
"Barselona" Levandovski bilan yakshanba kuni shartnoma imzolaydi. "Bavariya" transferdan 45 million evro ishlab oladi.