"Jamoamiz juda kuchli, sovrinlar uchun da'vogarlik qila olamiz. Har o'yindan oldin gol urishni, g'alaba qozonishni istayman. Xavi kabi murabbiy bilan biz albatta, muvaffaqiyatlarga erisha olamiz. Mavsumoldi tayyorgarlik zo'r o'tyapti. Barcha yuqori darajada mehnat qilmoqda. Transferlar esa klub to'g'ri yo'lda ekanligini ko'rsatadi. Barchamiz mavsum startini intiqlik bilan kutyapmiz.
EChLda Ispaniya klublariga qarshi ko'p o'ynaganman, balki, bu men uchun yangi chaqiruvdir. Agarda Siz xalqaro darajadagi futbolchi bo'lsangiz, istalgan chorlovga tayyor bo'lishingiz, o'zingizning eng yaxshi tomonlaringizni ko'rsata olishingiz kerak.
Tajribali futbolchiman, chorlovlarga tayyorman. Undan tashqari, LaLigada Bundesligadan ko'ra ko'proq o'yin bo'ladi. Balki shu orqali men ham ko'proq gol urib olarman", - dedi Levandovski.
31-Iyul 2022,12:30