Davron Fayziev bugungi o'yin haqida o'z fikrini bildirdi

Taniqli sharhlovchi — O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati rahbari Davron Fayziev O'zbekiston - Saudiya Arabistoni o'yini arafasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yin kuni. Bugun ikki murabbiyning qanday reja qilayotgani juda qiziq. Chunki ikkala jamoa o'zini favorit deb biladi. Saudiya oxirgi jahon chempionati qatnashchisi, ammo undan keyin murabbiylar shtabi almashib ketdi. Saudiyaning yarim tarkibi Osiyo chempionlar ligasi finali qatnashchilari. Lekin, ular tiklanishga ulgurishganmikin. Erve Renar o'rtacha jamoalarni saralashlardan o'tkazib mundialga olib borgan. Biroq bizning qit'a bilan hali yaqindan tanish emas, ochko yo'qotyapti.
Bizda menimcha taktika emas, tarkib ochiq masala. Chunki Abramov taktikasi avval ham ko'rganmizki, kuchli raqib qarshisida o'zgarib qolmagan. To'p o'zimizda bo'lishi kerak. Xujum statistikamiz yaxshi bo'ladi, katta extimol. Hamma gap vaziyatlardan foydalanishda.
Bahsli amplua - himoya. Shu joyida Abramov sir boy bermayapti. Faqat To'xtaxo'jaev pozitsiyasi nisbatan aniqroq. Qolganlar 100% emas. Odil Ahmedov farzindek universal, mabodo himoyada tushib qolsa ham boshqa funktsiyalari o'zida qoladi, yongan joyga boradi. Maydon markazida ham variantlar bor. Tanlov oson emas. Shukurov, Qodirqulov, Aliboev, Iskanderov, ikkala Odil. Beshta futbolchi, uchtasini tanlash kerak. Eng muhim bo'g'in, mas'uliyat maksimal darajada.
Hujum uchligi o'zgarmasa kerak, kimligini bilasiz.
Yaxshi tomoni, muxlislar yana stadionga qaytishyapti, bugun tribunalar to'lishi deyarli aniq. Fantastik atmosfera.
Shuni ham aytib o'tishim kerak, jamoa ichida muhit yaxshi. Hamjixatlik bor. Buyam ko'p narsani hal qiladi.
Hammaga omadli kun! Hammamizga", — deya yozdi Fayziev o'zining telegramdagi kanali orqali.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (2)
Bo'limlar
Muloqot (297/+0)
Yangiliklar (32249/+15)
UzFIFA Yangiliklari (07.04.2025)
Futbol TV Yangiliklari (07.04.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1745)
Eng ko'p o'qilgan
4-Aprel
17:10
09:00
16:50
"Real" futbolchilari: "Barsa" bilan o'yinda 60-daqiqagacha chidasak bo'ldi!
O'qildi: 124 - Fikirlar: 0
O'qildi: 124 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)