Davron Fayziev mag'lubiyat haqida fikr bildirdi
Kecha yutqazdik. Buni qabul qilish va ayniqsa tushunish qiyin bo'lyapti. Chunki 94 daqiqa davomida ustunlik bilan o'ynagan holda yutqazdik. Arablarning 3 chi golida jiddiy xato qildik. Qolgan vaziyatlar uchun jamoaga e'tiroz bildirib bo'lmaydi. Pressing, kombinatsiyalar, yakkakurashlar, temp... bor edi hammasi.
Internetdagi fikrlar va stadionni tark etayotgan muxlislar gaplaridan ham shu xulosa tasdig'ini topdi. “Shunday o'yinda qanaqasiga yutqazdik”, asosan shu mazmundagi fikrlar. Abaramov bunga - emotsiyalar ustun kelib oxirgi daqiqalarda bitta to'p farqi bilan yutayotgan joyimizda xujumga yugurish asosiy sabab, deb izoh berdi. To'g'ri, lekin vaqt o'tib himoya tartibga kelib, xatolar kamaygach shu xujumkor uslub bilangina Koreya, Yaponiya, Eronlarga bas kelish mumkin. Keyingi bosqichda o'ynasak asosiy vazifa shu tempni saqlab qolib, gol o'tkazishni kamaytirish. Shuni hal qilishimiz kerak.
Erve Renar o'yin tugagach bizning murabbiy yoniga alohida kelib “Jamoang shunchaki daxshat!”, deb ketdi. Nima bo'lganda ham shu kuni jamoani qo'llab-quvvatlagan, tribunalarni to'ldirgan minglab va ekran qarshisidagi millionlab muxlislarga rahmat aytish kerak, afsuski bayram taqdim etolmadik. Birinchi davra tugadi, oldinda 4 ta uchrashuv. 4 kundan keyin Falastinni qabul qilamiz va agar yutsak guruhda birinchi o'ringa qaytamiz, bahorgacha. Shunda Saudiya Arabistonini mehmonda yutish majburiyati qoladi. Boshqa yo'l yo'q. Ikkinchi o'rin biz uchun variant emas.
Coutinho_14
15-Noyabr 2019,14:17
15-Noyabr 2019,14:17
O'xshash yangiliklar
10:45 Messidan ajoyib natija
Izoh qoldirish
Xabarlar (2)
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30185/+21)
UzFIFA Yangiliklari (22.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (22.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660 / +1)
Eng ko'p o'qilgan
17-Noyabr
10:10
15-Noyabr
13:42
18-Noyabr
18:10
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)