Ispan nashri o'sha vaqtdagi hujjatlar va yozishmalarni qo'lga kiritgan.
Ularning mazmuniga ko'ra, uch yillik shartnoma, 10 mln evrolik yangi bitim bonusi, kechiktirilgan ish haqlarining batamom to'lab berilishi, uning tovon puli qiymati pasaytirilishi va o'zining hamda Luis Suares oilasining stadionda eng yaxshi o'rinlarda o'yinlarni kuzatishi uchun ruxsatnoma so'ragan.
O'sha yilning oxirrog'ida "ko'k-anorranglilar" "Bavariya"ga 2:8 hisobida taslim bo'lganidan so'ng Messi transfer so'rovini yubordi. 2021 yilda Messi yangi prezident Joan Laporta bilan yangi shartnoma shartlarini kelishib oldi, biroq klub buni La Ligada ro'yxatdan o'tkazishga qurbi etmas edi. Biroq o'tgan safargidan farqi uning shartlari qabul qilingani bo'ldi.
Messi shartnomasi 2023 yilga qadar uzaytirilishini xohlagan edi. Shuningdek, 1 yillik uzaytirish imkoniyati ham bo'lib, u bir tomonlama bo'lishi kerak edi. U bunga qo'shimcha sifatida tovon puli 700 mln evrodan ramziy 10 mlnga tushirilishini istadi.
Argentinalik futbolchi 2020/21 yilgi mavsumda COVID-19 pandemiyasining klub daromadlariga ta'siri natijasida unga to'lanadigan maoshning 20 foizidan voz kechishga rozilik bildirdi. Ammo u kechiktirilgan barcha oylik maoshi to'lab berilishini talab qildi. Shuningdek, barcha boshqa narsalar qatorida agent akasi Rodrigoga barcha qarzlarning to'lanishi va soliqlar oshirilgan taqdirda mos ravishda raqamlarga tuzatishlar kiritishni so'radi.
21-Sentyabr 2022,19:30