"Atletiko Madrid" 2019 yilda frantsiyalik Antuan Grizmanni 120 mln evroga Kataloniya klubiga pullab yuborgan edi. 31 yoshli hujumchi Kataloniyadagi hayotga moslashib keta olmadi va 2021 yilda 2 yillik ijara shartnoma asosida sobiq klubiga qaytdi.
"Ko'k-anorranglilar" Antuanni butunlay qaytarib berishni istashdi va bunga Madrid klubi ham qarshi emas. Grizmanning shartnomasida agar u ishtirok etadigan o'yinlarning yarmida 45 daqiqa maydonda harakatlanadigan taqdirda "matraschilar" hujumchiga 40 mln evro to'lashi kerakligi ko'zda tutilgan edi. Biroq "Vanda Metropolitano" egalari bu miqdordagi pulni ko'p, deb hisoblashdi va oxirgi bir necha haftalarda muzokaralar olib borilayotgan edi.
Ikki klub nihoyat yakdil bir qarorga keldilar. "Barsa" yon beradigan bo'ldi. "Atletiko" bitimdagi summa 40 mln evroning yarmidan sal ko'proq mablag' to'laydigan bo'ldi.
"Atletiko" ustozi Diego Simeone shartnomaning o'sha bandi kuchga kirmasliga uchun Grizmanning maydondagi daqiqalarini cheklashga majbur bo'layotgan edi. Klub tarixidagi eng yaxshi to'rtinchi to'purar hisoblanadigan frantsiyalik futbolchi ikkinchi taymda zaxiradan tushirilayotgandi.
Antuan Grizmann ushbu mavsum "Atletiko" safida 10 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 ta to'p kiritdi.
6-Oktyabr 2022,14:15