
Fichajes nashri xabariga ko'ra, "Barselona" klubi yaqinlashib kelayotgan yozgi transfer oynasida jamoasini o'zgartirishi mumkin bo'lgan "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri uchun kurashda Madridning "Real" klubiga nisbatan ustunlikka ega bo'ldi.
Ispaniyalik futbolchining ingliz klubi bilan shartnomasi 2027 yilning iyuniga qadar amal qilishiga qaramay, uning atrofidagi vaziyat mavhumligicha qolmoqda. Bu esa Ispaniya futbolining ikki grandi — "Barselona" va "Real Madrid" e'tiborini tortdi.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, hozirgi vaqtda Kataloniya klubi muzokaralarda ancha qulay pozitsiyada turibdi. "Barselona" rahbariyati "Oltin to'p" sohibini maydon markazining potentsial etakchisi sifatida ko'rmoqda va uni yozgi transferlar uchun asosiy maqsad deb hisoblaydi. Shuningdek, futbolchining o'zi ham La Ligaga aynan Kataloniya jamoasi tarkibida qaytishga moyillik bildirayotgani qayd etilgan.
"Manchester Siti"ning pozitsiyasi ko'p jihatdan shartnomani uzaytirish istiqbollariga bog'liq. Agar yangi kelishuvga erishilmasa, klub kelajakda futbolchini tekinga qo'yib yubormaslik uchun uni sotish variantini ko'rib chiqishi mumkin. Ehtimoliy transfer summasi taxminan 50 million evroga baholanmoqda.
O'qildi: 136449 - Fikirlar: 0





328