"Barselona" himoyachisi Jordi Alba klub tashabbusi bilan jamoa o'rtasidagi shartnomasini bekor qilishi mumkin, deb xabar beradi Mundo Deportivo.
Manbaning xabariga ko'ra, "Barselona" rahbariyati hamon futbolchilarning maoshiga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirishni maqsad qilgan. Himoyachi Jerar Pike faoliyatini yakunlaganidan va yarim himoyachi Serxio Busketsning ketishi ehtimolidan so'ng, keyingi qadam Xordi Alba bilan shartnomani bekor qilishdir.
Himoyachi qishda jamoa rahbariyati bilan uchrashib, mavsum oxirida shartnomani bekor qilishni muhokama qiladi. 33 yoshli Albaning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi. Futbolchi “Barselona” safida 441 ta o'yin o'tkazib, 25 ta gol urdi va 95 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U kataloniyaliklar bilan 15 ta sovrinni qo'lga kiritdi.
26-Noyabr 2022,12:40