"Barselona" yarim himoyachisi Gavi klubdagi moliyaviy muammolar tufayli oddiy o'yinchilar ro'yxatiga kiritilmagan, deb xabar beradi Marca.
Manbaning xabariga ko'ra, oylik to'lovi oshirib yuborilgani sababli kataloniyaliklar nafaqat yanvarda yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolay olmaydi, balki Gavini asosiy tarkib futbolchisi sifatida ro'yxatdan o'tkazmaydi. U hali ham "ko'k-anorranglilar"ning akademiya o'yinchisi sanaladi.
Yanvar oyida bu muammo hal qilinishi kerakligi xabar qilingan edi. Ammo ish haqi jadvalida hali bo'sh joy yo'q, shuning uchun Gavini ro'yxatdan o'tkazish qiyin bo'ladi.
Sentyabr oyida «Barsa» ispaniyalik futbolchi bilan shartnomani 2026 yilgacha uzaytirdi. 18 yoshli futbolchi joriy mavsumda La Liganing 14 ta uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
9-Dekabr 2022,15:10