"Barselona" 5 dekabr kuni mashg'ulotlarga qaytdi, biroq 2022 yilgi jahon chempionatida jamoaning ko'p qismi ishtirok etgani uchun bir necha o'yinchi hali hamon asosiy jamoa bilan mashg'ulotlarda yo'q.
Diario AS vakili Xavi Migelning so'zlariga ko'ra, to'liq tarkib Xavi uchun faqat 26 dekabr kuni, Jyul Kunde va Usmon Dembele Kataloniyaga qaytganidagina paydo bo'ladi. Ikkala futbolchining jamoasi Frantsiya yarim finalga chiqqani uchun ular Qatarda kamida 20 dekabrgacha bo'lishadi.
Har bir o'yinchining klubga qaytish sanalari bilan tanishing.
12 dekabr - Mark-Andre ter Shtegen, Andreas Kristensen
14 dekabr - Robert Levandovski
16 dekabr - Serxi Buskets, Erik Garsiya, Ansu Fati, Xordi Alba, Ferran Torres, Gavi, Pedri, Aleks Balde.
19 dekabr - Rafinya, Memfis Depay, Frenki de Yong
26 dekabr - Usmon Dembele, Jyul Kunde
Ronald Arauxo turnirda bir daqiqa ham maydonga tushmagani uchun jamoaga erta qaytdi. Biroq, ungv jarohatdan tiklanish uchun hali vaqt kerak.
"Barsa" tanaffusdan keyingi ilk o'yinini 31 dekabr kuni "Espanol"ga qarshi o'tkazadi.
11-Dekabr 2022,23:30