Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz 2003 yili Ronaldino «PSJ» klubidan Angliyaga ko'chib o'tmaganini yodga oldi.
— Murabbiyimiz kelishuvga erishdi deb o'ylagandim, — dedi 45 yoshli angliyalik sobiq yarim himoyachi Savage Social bilan suhbatda. — Biz mavsum boshlanishidan avvalgi turnega ketgandi va menimcha, uning transferini e'lon qilishga va unga raqam berishga yaqin edi. Lekin so'nggi daqiqalarda u fikrini o'zgartirdi va «Barselona»ga yo'l oldi. Bu g'alati tuyg'u uyg'otdi, chunki, hammamiz xursand edik. Ronaldino qanday futbolchi edi-ya! U jamoaga Erik Kantona berganchalik yordam bera olishiga ishongandik,"-dedi Skoulz.
Ronaldino «Barselona» tarkibida 2003 yildan 2008 yilgacha faoliyat olib bordi. U Kataloniyada ikki marta Ispaniya chempionligini, EChL g'olibiligi va «Oltin to'pni» qo'lga kiritdi.
Ronaldinoning transferi amalga oshmagach, 2003 yilning yozida «MYu» «Sporting» klubidan Krishtianu Ronalduni sotib olgandi.
12-May 2020,01:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0