"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Ansu Fati "ko'k-anorranglilar" safidagi birinchi mashg'ulotini esladi.
Eslatib o'tamiz, 20 yoshli vinger ispan klubi tarbiyalanuvchisi bo'lib, u asosiy jamoada 2020 yildan buyon o'ynab kelmoqda.
Yosh futbolchi kiyinish xonasida Lionel Messi va Luis Suares kabi yulduzlarni ko'rib hayratda qolganini tan oldi.
"Men katta hayajonda birinchi jamoa binosiga borish uchun "Barselona B"dan zinapoyaga chiqdim. Keyin kiyinish xonasiga kirib, Suares, Messi va boshqalarni ko'rganimda, ko'zlarimga ishonmadim. Men jim o'tirdim", - dedi Fati Mundo Deportivo bilan suhbatda.
Fati "Barselona" safida jami 78 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Oldinroq kataloniyaliklar ispaniyalik futbolchi bilan qishda xayrlashishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Qanot futbolchisiga da'vogarlardan biri Turinning "Yuventus" klubi hisoblanadi.
23-Dekabr 2022,13:10