"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski "Atletiko"ga qarshi Ispaniya chempionatining 16-tur uchrashuvi uchun jamoa qaydnomasiga kiritilmagan. Polshalik hujumchi diskvalifikatsiya tufayli uchrashuvni o'tkazib yuboradi.
Levandovski "Osasuna" bilan 14-tur uchrashuvida qizil kartochka olgandi. Keyinchalik qoidabuzarlikdagi qo'pollik uchun uning diskvalifikatsiyasi uchta o'yinga oshirildi. Biroq La Liganing keyingi o'yinida u maydonga tushdi, chunki uning diskvalifikatsiyasi tergov davom etayotgan vaqtda "muzlatib qo'yilgandi". Keyinroq ma'lum bo'lishicha, sud Levandovskining diskvalifikatsiyasini o'z kuchida qoldirgan: u uchta o'yinni o'tkazib yuboradi.
"Atletiko" va "Barselona" o'rtasidagi uchrashuv ertaga, 8 dan 9 yanvarga o'tar kechasi bo'lib o'tadi. Boshlanishi - Toshkent vaqti bilan 01:00 da.
7-Yanvar 2023,21:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0