Ispaniya milliy jamoasi JCh-2022da katta omadsizlikka uchragani o'z-o'zidan tushunarli.
Har holda, «qizil furiya» ko'pchilik nazdida g'oliblik uchun asosiy da'vogarlardan biri edi. Lekin ispan futboli Qatarda o'z so'zini aytdi, baribir. Diqqat qiling, Ispaniya La Ligasida o'ynayotgan naq 10 nafar futbolchi Argentina terma jamoasi tarkibida chempionlikka erishdi. E'tiborlisi, «albiselest» safida boshqa biror ligadan buncha ko'p vakil yo'q.
Oddiy aytganda, jahon kubogiga ega chiqqan Argentina termasi safida eng ko'p vakil Ispaniya chempionatidan - 10 nafar. Taqqoslash uchun aytsak, Lionel Skaloni dunyo futboli reytingida 1-o'rinda turuvchi APLdan 5 nafar futbolchi olgandi. Eng qizig'i, chempion jamoa «zayavka»sida Argentina milliy chempionatidan birgina futbolchi joy olgandi - Franko Armani («River Pleyt»). Biroq u Qatarda maydonga tushgani yo'q.
Argentina terma jamoasi bilan chempionlikka erishgan futbolchilarning milliy ligalar bo'yicha kesimi
La Liga (Ispaniya) - 10 nafar
Xeronimo Ruli («Vilyarreal»)
Xuan Foyt («Vilyarreal»)
Xerman Pesselya («Betis»)
Gido Rodriges («Betis»)
Gonsalo Montiel («Sevilya»)
Markos Akunya («Sevilya»)
Papu Gomes («Sevilya»)
Nouel Molina («Atletiko»)
Rodrigo de Paul («Atletiko»)
Anxel Korrea («Atletiko»)
APL (Angliya) - 5 nafar
Emiliano Martines («Aston Villa»)
Kristian Romero («Tottenxem»)
Lisandro Martines («MYu»)
Aleksis MakAllister («Brayton»)
Xulian Alvares («Manchester Siti»)
«A» seriya (Italiya) - 4 nafar
Paulo Dibala («Roma»)
Lautaro Martines («Inter»)
Anxel di Mariya («Yuventus»)
Leandro Paredes («Yuventus»)
Liga 1 (Frantsiya) - 2 nafar
Nikolas Talyafiko («Lion»)
Lionel Messi («PSJ»)
Primero (Portugaliya) - 2 nafar
Nikolas Otamendi («Benfika»)
Entso Fernandes («Benfika»).
Bundesliga (Germaniya) - 1 nafar
Ezekiel Palasios («Bayer»)
MLS (AQSh) - 1 nafar
Tyago Almada («Atlanta Yunayted»)
Primera-divizion (Argentina) -
1 nafar
Franko Armani («River Pleyt»)
GRIZMANN ETAKChI
Frantsiya termasi bilan finalda mag'lubiyat alamini tatib ko'rgan Antuan Grizmann bitta statistik ko'rsatkich bo'yicha Lionel Messini ortda qoldirdi. Gap raqib jamoalar jarima maydoni ichida yuzaga keltirilgan xavfli vaziyatlar haqida ketmoqda. Umuman, bu borada Grizmann (22ta) va Messi (21ta) qolganlardan yaqqol oldindalar.
«PSJ» RAQOBATDAN XOLI
Statistik raqamlarda keltirilishicha, JCh-2022da eng ko'p gol «PSJ» klubi futbolchilari hisobiga yozildi - 18ta. E'tiborlisi, shundan 15tasi ikki futbolchiga tegishli - Kilian Mbappe (8ta) va Lionel Messi (7ta). Klublar orasida ikkinchi yaxshi natija «Manchester Siti» va «Barselona»da - 8tadan gol.
JCh-2022: futbolchilari eng ko'p gol urgan klublar
«PSJ» - 18ta
«Barselona» - 8ta
«Manchester Siti» - 8ta
«Milan» - 7ta
«MYu», «Chelsi», «Tottenxem» - 6tadan
8-Yanvar 2023,10:10