"Barselona" moliyaviy muammolar tufayli marokashlik yarim himoyachi Azzedin Unai bilan shartnoma imzolamaydi.
Telefoot xabariga ko'ra, 22 yoshli yarim himoyachiga "Marsel" va "Barselona" klublari qiziqish bildirmoqda.
"Marsel" direktori Pablo Longoriya futbolchining atrofidagilar bilan muntazam aloqada bo'lib turibdi, biroq hali "Anje" bilan muloqotga o'tgani yo'q.
Unai bilan "Barselona" va shaxsan Xavi ham qiziqmoqda, ammo ayni damda Kataloniya klubida shartnomani yakunlash uchun mablag' yo'q.
Oldinroq Azzedin 20 million evro evaziga "Napoli"ga o'tishga yaqin ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ushbu mavsumda markaziy yarim himoyachi Liga 1da "Anje" safida 14 ta o'yinda maydonga tushdi, shuningdek, JCh-2022da Marokash uchun 7 ta o'yinda maydonga tushdi.
8-Yanvar 2023,18:00