Ispaniyaning ayrim OAVda Lionel Messi va uning otasi, ayni paytda agenti Xorxe Messi “Barselona”ga argentinalik hujumchi Xulian Alvaresni sotib olishni tavsiya qilgani haqida xabar berdi.
Ular bu imkoniyatni klubning oxirgi ikki prezidenti Xosep Bartomeu va Joan Laportga bir necha bor taklif qilishgan. O'sha paytda Alvares "River Pleyt" safida harakat qilardi va u juda kam pul evaziga shartnoma imzolanishi mumkin bo'lgan istiqbolli yosh futbolchi edi.
Biroq klub rahbariyati yosh futbolchini transfer qilish istiqbolidan voz kechib, Evropada tajribaga ega bo'lgan Memfis Depayni tekinga taklif qilishni ma'qul ko'rdi. Biroq Depay kutilganidek o'yin ko'rsata olmadi va endi u bu yil klubni tekinga tark etishi mumkin.
Alvares oxir-oqibat 20 million evro evaziga "Manchester Siti"ga o'tdi va u erda asta-sekin APLga moslasha boshladi.
"Barselona" prezidentlariga Alvaresning nimasi yoqmaganini aytish qiyin, ammo bu jiddiy xatoga o'xshaydi. Balki ular Messining maslahatiga quloq solishlari kerak edi. Alvares Argentinaning jahon chempionatida g'alaba qozonishida muhim rol o'ynadi va turnirda 4 ta gol urdi.
8-Yanvar 2023,23:40