Mateus Fernandes "Barselona"ga qarshi sudda g'alaba qozondi va shartnomani bekor qilgani uchun 8,5 million evro oladi.
2021 yilning iyun oyida Kataloniya klubi yarim himoyachiga uning xizmatlariga muhtoj emasligini ma'lum qildi va 2025 yilning yoziga qadar amal qiladigan shartnomani bekor qildi. 2020 yilning qishida u “Palmeyras”dan 7+3 million evroga sotib olingandi.
Mateus bu haqda shunday dedi: "Men elektron pochta xabarnomasini olganimda ishonmadim. Bu noprofessionallikdir”.
Endi Cadena SER nashri xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi "Barselona"ga qarshi bahsda g'alaba qozongan. Mateus shartnomani noqonuniy bekor qilgani uchun Kataloniya klubidan 8,5 million evro tovon puli oladi, garchi u "Barselona"dan 14,8 million evro undirishni talab qilgan bo'lsa-da.
"Barselona" safida Mateus Kievning "Dinamo" jamoasiga (4:0) qarshi o'yinda atigi 17 daqiqa harakat qildi. U boshqa o'ynamadi.
10-Yanvar 2023,18:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0