Gavi Sevilyada tug'ilgan va faoliyatini "Betis" akademiyasida boshlagan. 2014 yil aprel oyida o'sha paytda to'qqiz yoshli yarim himoyachi Mundalito bolalar turniri finalida "Barselona" bolalar jamoasiga qarshi o'z iqtidorini ko'rsatdi. O'sha kuni u 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi va uning sharofati bilan jamoa chempionlikni qo'lga kiritdi.
Kataloniyalik jurnalist Xosep Kapdevila akademiya murabbiyi Devid Sanches bilan suhbatlashdi, u Gavi qanday qilib raqiblarning barcha murabbiylar shtabini hayratda qoldira olganini aytdi:
“Pablo Pablo qila oladigan narsani qildi. Uning raqobatbardosh geni, shiddati, u hech qachon to'pni yo'qotishni istamaydigan futbolchi bo'lgan va hozir ham shunday bo'lib, jamoasi g'alaba qodonish uchun bor iqtidorini berdi.
U bizga o'yin davomida to'pni bermadi, uni tinimsiz qaytardi, bosimlardan tez chiqib ketdi, g'alaba uchun hamma narsani qurbon qildi. Biz uni to'xtata olmadik. Va to'rtta gol ham boshqacha tarzda kiritildi.
Oradan bir yil o'tib, "Barselona" Gavini yoshlar jamoasiga qo'shib oldi va aynan Sanches o'sha yoshlar turnirida jamoasini tor-mor etgan yosh futbolchini boshqarish imkoniyatiga ega bo'ldi.
Oradan atigi 9 yil o'tib, Gavi ko'plab yosh futbolchilar orzu qiladigan narsaga erishdi. U "Barselona" uchun "Klasiko"da gol urdi. Va kataloniyaliklar bilan birinchi sovrinini qo'lga kiritdi.
Bu yozda klub uning yangi shartnomasini rasmiylashtirishi va unga Xavi kiygan afsonaviy 6-raqamli futbolkani berishi kutilmoqda.
17-Yanvar 2023,23:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0