"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Stegen o'z darvozasi tomon berilayotgan zarbalarni qaytarish bo'yicha joriy mavsumda Evropaning top-chempionatlaridagi eng yaxshi natijani qayd etmoqda. Germaniyalik posbon Ispaniya chempionatining ushbu mavsumida berilgan zarbalarning 84,6 foizini qaytardi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha keyingi o'rinlarni quyidagi darvozabonlar egallab turishibdi:Yevann Diuf («Reyms», 83,9%);Nik Poup («Nyukasl», 82,3%);Xeronimo Ruli («Vilyarreal», 82,1%; yanvar oyida «Ayaks»ga o'tdi);Kepa Arrisabalaga («Chelsi», 82%).Ushbu ro'yxatni tuzishdi joriy mavsumda kamida 25ta seyv namoyish etgan darvozabonlarning natijalari inobatga olingan.«Barselona» La liganing 17 ta bahsidan 13 tasida o'z darvozasidan to'p olib chiqmadi. Jamoa o'z darvozasidan atigi 6 ta gol o'tkazib yubordi. Bu Evropaning kuchli chempionatlaridagi eng yaxshi natija hisoblanadi.
23-Yanvar 2023,22:40