"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes Usmon Dembelening o'yini haqida gapirdi.
Frantsiyalik futbolchining "Real Sosedad"ga (1:0) qarshi o'yindagi goli "Barselona"ni Ispaniya kubogi yarim finaliga olib chiqdi.
“Men kelganimdan beri Dembele ancha yaxshilandi. Endi qarasam, unga qarshi o'ynagan qanot himoyachilari qiynalishga majbur. Men unga doim ishonardim va u jamoaga ko'p narsa bera olishini bilardim.
Ilgari uni tanqid qilishardi va uni "Barselona"da ko'rishni istamasdi, ammo hozir uni uzoq olqishlar qilishmoqda. Usmon uchun juda xursandman.
Dembele dunyoning eng yaxshi vingerlaridan biri. Men buni anchadan beri bilaman va endi uning o'zi ham nihoyat bunga ishonishni boshladi", - deya Xavining so'zlaridan iqtibos keltiradi Ispaniya OAVlari.
26-Yanvar 2023,09:10