"Barselona" yarim himoyachisi Pedri Ispaniya La Ligasining 19-turi doirasidagi "Jirona"ga qarshi o'yinda (1:0) urgan gol haqida fikr bildirdi, shuningdek, "ko'k-anorranglilar"ning so'nggi o'yinlaridagi vaziyatlardan foydalana olmayotgani haqida gapirdi.
"Ular doim menga gol urishga harakat qilishim kerakligini aytishadi va hozir ular haq. Menda gol urish uchun shunday imkoniyat borligidan juda xursandman. Men yarim himoyachi bo'lsam ham, to'p bilan ko'p aloqada bo'lish menga qulayroq, ammo hujumda hamma gol urishni yaxshi ko'radi. Men o'z hissamni qo'shishga harakat qilaman.
So'nggi o'yinlarda vaziyatlarni golga aylantirish bilan bog'liq muammolar bormi? So'nggi o'yinlarda hujumlarni yakunlashda juda yomon harakat qildik va bu bizga juda qimmatga tushdi. Shuningdek, gol o'tkazib yuborgan jamoa hisobni tenglashtirish uchun oldinga boradi. O'z maydonida muxlislar ularni oldinga olib chorlashadi va hamma narsa bo'lishi mumkin", - dedi Pedri Sport.es bilan suhbatda.
28-Yanvar 2023,23:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0