"Jirona" bosh murabbiyi Anxel Mishel Ispaniya La ligasining 19-turi doirasidagi "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyat (0:1) haqida fikr bildirdi.
“Mening jamoam hujumda ham, himoyada ham hamma narsaga ega bo'lgan "ko'k-anorranglilar"ni ushlab qolish uchun ajoyib o'yin o'tkazdi. Menimcha, eng adolatli natija durang bo'ladi. "Barselona" darvozaga bor yo'g'i uchta zarba yo'lladi. Bu ular odatda qiladigan ish bilan solishtirganda kichik va bu mening jamoam juda yaxshi ishlaganini anglatadi.
Kataloniyaliklar chempionatda bor-yo'g'i oltita gol o'tkazib yuborishdi va bizda hisobni tenglashtirish uchun ikkita-uchta aniq imkoniyat bo'ldi. Ammo men haligacha o'z tarkibim va bugungi o'yinimiz bilan faxrlanaman", - deya Mishelning so'zlarini keltiradi Sport.es.
28-Yanvar 2023,02:00