Qishgi transfer oynasida ko'plab futbolchilar o'z jamoasini almashtirmoqda. Ba'zi transferlar kutilmaganda amalga oshgan bo'lsa, ba'zilari shov-shuv bo'lib amalga oshmay qoldi. Bugun Evropada transfer oynasi yakunlanadi. Shu sabab bir nechta kutilmagan transferlar amalga oshishi mumkin. Quyida ular bilan tanishamiz.
Sofyan Amrabat: “Barselona”, “Atletiko” va “Liverpul”
Mundialda kashf etilgan marokashlik futbolchining xaridorlari talaygina. “Fiorentina” o'z futbolchisini sotishi bilan yaxshigina foyda ko'rishi mumkin. Amrabat uchun asosiy davogar yo'q. Ammo uning transferi bugun amalga oshishi mumkin. Amrabatning o'zi “Atletiko” safiga boib qo'shilish istagida. Ammo “Barselona” faol ravishda futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Ammo “Blaugranas”ning taklifi “binafsharanglilar”ni qoniqtirmayapti. Moliyaviy muammo sabab “Barselona” Amrabatni 40 million evroga sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi. “Fio” esa futbolchisini xozir sotish istagida. Bu orada “Liverpul” ham urashga qo'shilgan. Agar ularning niyati jiddiy bo'lsa transferni amalga oshirishi mumkin. Oxirgi variant “Atletiko”. Agar “ayiqlar” futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga olishni istasa, Sofyanning fikri hammasini hal qilishi mumkin.
Bernardo Silva: “Barselona” va yana bir nechta grand klublar
“Manchester Siti”dagi vaziyat unchalik yaxshi emas. Murabbiy va bir nechta futbolchilar o'rtasida kelishmovchilik mavjud. Ular orasida kecha jamoani tark etgan Kanselu va Bernardu Silva ham bor. Gvardiola o'zi bilan yaxshi munosabatda bo'lmagan futbolchilarning jamoadan ketishiga umuman qarshi emas. Bu xolatda har qanday sotib olish sharti bilan ijaraga olish taklifi ham ko'rib chiqiladi. Ya'ni grand jamoalar Bernardu uchun xozirdan “otning kallasi”dek pul izlashi shart emas.
Yozda Bernarduga “Barselona” faol qiziqqan edi. Ular Sofyan variantidan voz kechib Bernardu variantiga to'xtalishi ham mumkin. Dembelening olgan jarohati tufayli jamoada aktiv hujumkor futbolchilar soni kamaydi va zahira futbolchilari kutilgan sifatni namoyish etishiga jamoa ham ishonmasa kerak. Bunday xolatda Bernarduning vinger sifatida maydonda harakatlanishi ham e'tibordan chetda qolmaydi. Shuningdek, Burnarduga boshqa grand jamoalar taklif bilan chiqishsa ham “shaharliklar” uni rad etmasligi mumkin.
N'golo Kante: Evropa jamoalari yoki Arab mamlakatlari
Kante “Chelsi”ni yozda tark etishi kutilayotgan edi. Ammo so'nggi soatdagi voqealar futbolchining klubdan ketishi tezlashib ketishiga ishora bo'lmoqda. Frantsiyalikning shartnoma muddati yozda yakuniga etishi, “Chelsi”da unga ehtiyoj sezilmayotgani va Entsoning bo'lajak transferi hammasini oydinlashtirmoqda. Ko'rinishidan yarim himoyachi yozgacha qolsa ham “Chelsi” tarkibida maydonga tushmasa kerak. Bunday xolatda transferlarga zo'r berayotgan “aristokratlar” futbolchisidan maksimal foydalanib qolishi mumkin. Huddi Jorjino atrofida bo'layotgan voqealar singari.
Hozircha Kantening qaysi jamoaga o'tishi mumkinliga haqida aniq fikrlar yo'q. Yarim himoya chizig'ini kuchaytirishni istayotgan “Barselona” ham variant bo'lishi mumkin. Chunki Kante “ko'k-anorranglilar”ga arzimagan pul evaziga ham borishi mumkin. Shuningdek, kutilmagan variantlarni ko'rib qolsak ham ajablanmang. Aytgancha, katta transferlarni Arab mamlakati klublari ham amalga oshirishi mumkinligini allaqachon isbotlab bo'lgan.
Shuningdek, Ilkay Gundogan va Nikolo Dzanoloning ham klubi o'zgarishi mumkin.
Mirjalol Pardaboev tayyorladi.
31-Yanvar 2023,18:10
O'qildi: 57 - Fikirlar: 0