"Chelsi" hujumchisi Per-Emerik Obameyangga "Milan" va "Atletiko" klublari qiziqish bildirmoqda. Klublar gabonlik 33 yoshli hujumchini qishda sotib olmoqchi edi, biroq FIFA taqiqi tufayli kelishuv amalga oshmay qoldi, deb xabar beradi Evening Standard.
Manbaga ko'ra, Obameyangning "Milan" yoki "Atletiko"ga o'tishi reglament tufayli amalga oshmay qolgan. Unda aytilishicha, futbolchiga bir mavsum davomida ikkitadan ortiq jamoada o'ynash taqiqlanadi. Joriy mavsumda hujumchi "Barselona" va "Chelsi"da o'ynashga muvaffaq bo'lgan, shuning uchun u yangi jamoaga o'tsa, mavsum oxirigacha o'ynay olmaydi.
Obameyang joriy mavsumda barcha turnirlarda 17 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U 2022 yil sentyabrida "Chelsi"ga o'tgandi.
6-Fevral 2023,16:10