Kataloniya klubi sardori allaqachon o'ziga o'rinbosar qidirmoqda. Xozir unda uchta variant bor.
34 yoshli Buskets 2008 yildan beri "Barselona"ning doimiy asosiy futbolchisi. Yarim himoyachining klub bilan shartnomasi shu yozda tugaydi va Serxio ketishi mumkin. Mish-mishlarga ko'ra, unga "Inter Mayami" va "An-Nasr" da'vogarlik qilmoqda.
Busketsning o'rnini kim egallaydi?
Futbolchining o'zi bu savolga shunday javob bergan: “Hamma mening pozitsiyamni o'ynay oladi. Niko hozir ijarada, Frenk va Frenk Kessie ham bor... Har birining o'ziga hos ustunliklari bor.
Niko Gonsales (Ispaniya) - 21 yosh
Klub tarbilanuvchisi. U o'tgan mavsumda kattalar jamoasi safida debyut qilgandi. 2022 yilning yozida u "Valentsiya"ga ijaraga berildi. "Barsa" bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan.
Frenk Kessie (Kot-d'Ivuar) - 26 yosh
U professional faoliyatini "Atalanta"da boshlagan. Haqiqatan ham "Milan"da o'zining kuchli jihatlarini namoyon qildi. Italiya chempioni. 2022 yilning yozida erkin agent sifatida "Barsa"ga o'tdi. Uning shartnoma 2026 yilgacha mo'ljallangan.
Frenkie de Yong (Niderlandiya) - 25 yosh
"Barselona"da u qora mehnat qilishga tayyor. U 2018/2019 yilgi Chempionlar ligasi finaliga deyarli etib kelgan shov-shuvli "Ayaks"ning ajralmas qismi edi. Shartnoma 2024 yilgacha mo'ljallangan.
29-Yanvar 2023,14:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0