Xavi "Barselona" afsonasi, lekin agar u "Manchester Yunayted"ga o'tganida hammasi boshqacha bo'lishi mumkin edi.
Xavi Kataloniya klubida 17 mavsum o'tkazdi, 8 marta Ispaniya chempioni bo'ldi, 4 marta Chempionlar ligasida g'olib chiqdi (finalda "Manchester Yunayted"ni ikki marta mag'lub etdi), ammo ispaniyalik "Old Trafford" taklifini qabul qilganida bu sodir bo'lmasligi mumkin edi. "Yunayted"ning afsonaviy bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyuson Xavini yoshligidagi klubni tark etishga ko'ndirishga uringandi.
Xavi ESPN muxbiriga 2011 yilda "Manchester Yunayted"ning qiziqishi haqida gapirgan. Bu hafta Evropa Ligasida "Barselona" va "Yunayted" o'rtasidagi uchrashuv oldidan bu ma'lumotni eslatib o'tishga qaror qildik.
"Bir paytlar "Yunayted"dan kelgan taklifni qabul qilish haqida o'ylagandim", - deya tan oldi Xavi.
“Barselona”da ishlarim yaxshi bo'lmaganida, menga vaziyatni o'zgartirish kerak edi. Menga har doim ingliz futboli yoqqan va "Manchester Yunayted" mening klubim bo'lishi mumkin edi".
"Faoliyatimning uzoq davrida, odamlar menga yarim himoyada Pep Gvardiolaning vorisi sifatida qarashganida, o'zimni afsonaviy sardorning o'rnini bosgan autsayder, yomon odamdek his qilardim".
"Biz "Barselona"dagi o'zgarishlarga dosh berolmaymiz. Men va Pep haqidagi barcha bahslarni yomon ko'rardim va Lui van Gal (o'sha paytdagi "Barselona" bosh murabbiyi) unchalik xushmuomala bo'lmagan va 18 yoshli bolakayga yordam bermagan.
"Oxir-oqibat, eshakdek qaysarligim muhim rol o'ynadi: "Yunayted"ga o'tish haqida o'ylay boshladim, lekin keyin o'zimga kelib, o'yladim - bu erda o'zimni ko'rsatishim kerak."
Xavi "ko'k-anorranglilar" futbolchisi sifatida fantastik karera o'tkazdi va 2021 yildan beri o'zini ajoyib murabbiy sifatida ko'rsatib kelmoqda. Uning hozirda bor e'tibori “Yunayted”ga qarshi bo'lib o'tadigan Evropa ligasi pley-off o'yiniga qaratilgan.
14-Fevral 2023,23:30