Evrokuboklar qaytdi, «Barselona» esa darrov qiyin sinovdan o'tishi kerak – pley-offda kataloniyaliklarni ajoyib formadagi «Manchester Yunayted» kutmoqda.
Biroq, «ko'k-anorranglilar» ham ajoyib tarzda tezlik olishga erishgan va, albatta, bu borada ingliz klubidan qolishmaydi. Xavi jamoasi nafaqat o'yin, balki natija bo'yicha ham yaxshi ko'rsatkichlar qayd etmoqda.
Oxirgi 15 o'yinda «Barselona» 14 g'alaba qozongan, faqat 1 durang o'ynagan. Mag'lubiyatlar ko'rsatkichi esa 0 ni ko'rsatib turibdi.
Mana o'yinlarning to'liq ro'yxati.
«Viktoriya Plzen» 2:4 «Barselona»;
«Barselona» 2:0 Almeriya»;
«Osasuna» 1:2 «Barselona»;
«Barselona» 1:1 «Espanol»;
«Intersiti» 3:4 (qo'shimcha taymlardan so'ng) «Barselona»;
«Atletiko Madrid» 0:1 «Barselona»;
«Real Betis» 2:2 (2:4 penaltilar seriyasida) «Barselona»;
«Real Madrid» 1:3 «Barselona»;
«Seuta» 0:5 «Barselona»;
«Barselona» 1:0 «Xetafe»;
«Barselona» 1:0 «Real Sosedad»;
«Jirona» 0:1 «Barselona»;
«Real Betis» 1:2 «Barselona»;
«Barselona» 3:0 «Sevilya»;
«Vilyarreal» 0:1 «Barselona».
«Espanol»ga qarshi durang nafaqat ajoyib seriyani barbod qilgani, balki o'sha o'yin hakamlik xatolariga to'la bo'lgani uchun ham esda qolarli bo'lgan.
Agar shu bo'lmaganida, Xavi shogirdlari so'nggi 15 o'yinda 15 ta g'alaba qozonishlari mumkin edi.
15-Fevral 2023,23:20
O'qildi: 56 - Fikirlar: 0