"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Kataloniya klubi bilan bog'liq mojaro haqida fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, "ko'k-anorranglilar" 2016 va 2018 yillar oralig'ida texnik hakamlar qo'mitasining sobiq vitse-prezidentiga pul to'laganliklari uchun pora berganlikda gumon qilinmoqda, bu haqda rahbariyat rasman e'lon qilgan edi.
"Men bor e'tiborimni futbolga qaratishga harakat qilaman, ammo "Barselona" shunday holatda. Klub allaqachon bayonot bergan. Men bu aytilgan pozitsiyaga qo'shilaman. Qolaversa, o'sha yillarda men bu erda yo'q edim. Lekin men klubimizni himoya qilaman, boshqa hech narsa emas.
Bizning o'yinlarni kim boshqarsa, biz ularning ishlarini tahlil qilamiz. Bu ish jamoa ichida ancha yillardan beri davom etmoqda. Bu yangilik emas", - dedi Xavi Marca nashriga.
15-Fevral 2023,22:50
O'qildi: 55 - Fikirlar: 0