«Liverpul» bu yozda Meyson Mauntni qo'lga kiritishi mumkinligi haqida avvalroq xabar bergan edik. Endi ularga «Barselona» raqib bo'lishi mumkin.
Angliyalik yarim himoyachi olti yoshidan beri «Chelsi»da o'ynagan, biroq hali G'arbiy London klubi bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishib olgani yo'q, bu uning «Stemford Bridj»dagi faoliyati yakunlanishi mumkinligi haqidagi taxminlarni kuchaytirdi.
Calciomercato xabariga ko'ra, «Barselona» 24 yoshli futbolchini qo'lga kiritish uchun kurashga qo'shilishga tayyor. Mauntning amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha tugamaydi, ammo futbolchi maoshi borasida rahbariyat bilan kelisha olmayapti.
«Barselona» ayni damda La Liga peshqadami bo'lib turibdi, jamoa Xavi bosh murabbiyligida qayta tiklanmoqda va Maunt yangi jamoaga mos kelishi taxmin qilinyapti.
18-Fevral 2023,14:00