Sport huquqi bo'yicha ispaniyalik advokat Xorxe Vakeroning ta'kidlashicha, «Barselona» hakamlarga pora berganlikda gumonlanib, UEFA tomonidan sanktsiyalarga duch kelishi mumkin.
UEFA qoidalarining bandlaridan biriga muvofiq, agar tashkilot biror-bir klubning milliy chempionat yoki xalqaro miqyosdagi o'yinlar payti natijaga ta'sir ko'rsatishga harakat qilgan har qanday holatda bevosita yoki bilvosita ishtirok etgan deb hisoblansa, bu jamoa Evropa musobaqalaridan chetlatiladi.
Shu tariqa, «Barselona»ning aybi aniqlansa, UEFA kataloniyaliklarni navbatdagi Chempionlar ligasida ishtirok etishga ruxsat bermasligi mumkin.
Eslatib o'tamiz, «Barselona» Ispaniya hakamlar qo'mitasining sobiq a'zosiga sport natijalariga ta'sir o'tkazish uchun pul o'tkazganlikda ayblanmoqda.
18-Fevral 2023,15:00