Robert Levandovski Evropa Ligasidan chiqib ketganidan keyin Ansu Fati haqida gapirdi.
"Barselona" forvardi "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinning qo'shib berilgan vaqtida (1:2) Fati Ferran Torresning uzatmasini to'xtatib qolib, polshalikning qulay vaziyatdan boshiga zarba berishiga to'sqinlik qildi. 1 fevral kuni “Betis” bilan o'yinda (2:1) ham xuddi shunday holat kuzatilgandi.
"Manchester Yunayted" bilan o'yinda Levandovski Ansuning Torres va Jordi Alba bilan qilgan harakatlaridan noroziligini aytib o'tdi.
AS nashrining yozishicha, o'yindan so'ng Robertning o'zi kiyim almashtirish xonasida jamoadoshiga shikoyat qilgan. Hujumchi xotirjamlik bilan Fatiga uni ikki bor goldan mahrum qilganini tushuntirdi. Levandovski sherigini jarima maydonchasidagi vaziyatni sinchkovlik bilan baholashga va har qanday holatda ham gol urishga urinmaslikka chaqirdi, chunki bu jamoaga zarar etkazishi mumkin.
Ansu Levandovskini ko'rmaganiga ishontirib, uzr so'radi. Qanot hujumchisi uning zarbasi juda omadsiz bo'lganini tan oldi.
25-Fevral 2023,07:50