Barselona prokaraturasi klub hamda uning sobiq rahbarlari Jozep Bartomeu va Sandro Roselga nisbatan texnik hakamlar qo'mitasi (CTA) sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga pora berishi ayblovi bilan sudga murojaat qilgandi.
La Liga rahbari bu ispan futboli tarixidagi eng yomon holatmi, degan savolga javob qaytardi.
"Ha, yodimda bo'lganlari ichida. Bu eng jiddiy muammo hisoblanadi. CTA vitse-prezidentiga qandaydir to'lovlar bo'lgan, “Barselona” buni tan oldi. Bu qandaydir normal holat emas. Shu sababdan keskinlik yuzaga keldi, buni tushunsa bo'ladi. O'rtaga futbolimiz obro'si qo'yilgan.
Men uchun uyat. Uyatdaman. “Barselona”dan hech qanday izoh yo'q. Direktorlar kengashining dastlabki bayonoti bor. Ular buni hamma qilgan, deyishmoqda, ammo unday emas.
Bu vaziyatda hujum qilish (boshqalarga) yoki kimnidir qurbon qilish – to'g'ri qaror emas. Agar ular vaziyatni aniqlashtirsa, barchamizga oydinlik kiritishgan bo'lardi”, deydi Tebas.
14-Mart 2023,10:00