Ispaniya futbol federatsiyasi (RFEF) “Barselona”ning korruptsiyaga bog'liq ishiga aralashadigan bo'ldi.Avvalroq Barselona prokuraturasi Hakamlar qo'mitasi sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga noqonuniy to'lovlar amalga oshirganlikda gumonlangan “Barselona”ning sobiq prezidentlari Xosep Bartomeu va Sandro Rosselga nisbatan ish ochgandi.“Sud prokuraturaning “Barselona” tomonidan Xose Mariya Enrikes Negreyraga to'lovlar amalga oshirganligi haqidagi ayblovini ko'rib chiqishini e'lon qilishi bilan Ispaniya futbol federatsiyasi mazkur ishga qo'shildi.Garchi boshqa boshqaruv jamoasi vaqtida ro'y bergan bo'lsa-da, RFEF boshidanoq ushbu vaziyatni tergov qilishda kerakli organlar bilan hamkorlik qilmoqda. UEFA ham RFEF'ning mazkur jarayonda ishtirok etishidan xabardor qilingan. O'z navbatida yuqorida qayd etilgan hisobot Oliy soprt kengashiga taqdim etilgan, nusxasi esa “Barselona” va Hakamlar qo'mitasiga berilgan.Yana bir bor RFEF bu masalaning ochiqlanishi tarafdori ekanini qayd etish kerak. Biz holat haqida ma'lum bo'lishi bilan ichki surishtiruvni boshlaganmiz. Federatsiya istalgan vaqtda hamkorlik qilishga tayyor. Biz ish oxirigacha olib borilishini xohlaymiz va barchadan xotirjamlikni saqlashni so'raymiz, bu orqali hakamlarga nisbatan keskinliklarni biroz kamaytirishimiz mumkin. Bu futbol uchun foydali emas. Adolat vaqt va isbot talab qiladi.RFEF Hakamlar qo'mitasi atrofida birlashgan hakamlarga minnatdorchilik bildiradi. Rahmat sizlarga”, — deyiladi bayonotda.“Negreyra ishi” yuzaga chiqqach avvaliga “Espanol” bu borada o'z e'tirozini bildirdi. Ortidan “Atletiko” va La Liganing boshqa klublari (“Real”dan tashqari) bu noroziliklarga qo'shildi. Keyinroq Madrid jamoasi bu borada o'z munosabatini bildirdi va “Negreyra ishi” bo'yicha sudda ishtirok etishini ma'lum qildi.Qayd etish kerak, Ispaniya futbol federatsiyasi nima sababdan uzoq vaqt davomida bu ishga aralashmayotgani ko'plab muhokamalarga sabab bo'ldi.
16-Mart 2023,22:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0