Kataloniyaning “Barselona” jamoasi turli pozitsiyalardagi to'rt nafar futbolchisi bilan xayrlashishga tayyor. AS nashrining xabariga ko'ra, “ko'k-anorranglilar” yangi futbolchilar uchun mablag' yig'ish maqsadida ko'plab futbolchilarini sotuvga qo'yishga shoshilmayapti. Faqatgina bir nafar himoyachi, bir nafar yarim himoyachi va ikki nafar hujumkor futbolchilari bilan xayrlashmoqchi. “Barselona” himoyachilardan Erik Garsiyani boshqa klubga qo'yib yuborishi mumkin. Undan tashqari kataloniyaliklar maoshlar ko'rsatkichini pasaytirish uchun (hozirda jamoaning ko'rsatkichi 648 million evro, La Liga qoidalariga ko'ra uni 200 millionga kamaytirish lozim) Jordi Alba bilan shartnomani bekor qilishi ham mumkin. Ispaniyalik himoyachi klubdagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchilardan biri. Vingerlardan esa Ansu Fati va Ferran Torres yozda jamoani tark etadi. Fati bilan rahbariyatning qarashlari bir-biriga to'g'ri kelmayapti. Torres uchun esa 35 million evro to'lab berish, klubni qiyin ahvolga solib qo'yishi mumkin. Yarim himoyachi Pablo Torre esa ijara asosida boshqa klubga o'tishi kutilmoqda.
23-Mart 2023,15:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0