"Milan" "Barselona" futbolchisini sotib olmoqchi emas
"Milan"da ijarada o'ynayotgan "Barselona" himoyachisi Serjino Dest yozda jamoasiga qaytishi kutilmoqda.
"Rossoneri"ga futbolchining xatti-harakatlari ma'qul kelmagan va shu sababli amerikalik futbolchini 20 mln evroga sotib olish imkoniyatidan foydalanmaydi.
22 yoshli Dest ushbu mavsumda 14 o'yinda qatnashdi. Uning "Barselona" bilan shartnomasi 2025 yil yozida yakunlanadi.