Lionel Messining «Barselona»ga qaytishi haqiqiydek ko'rinmoqda. Juma kuni Kataloniya klubi vitse-prezidenti Rafa Yuste argentinalik yulduz bilan aloqalar borligini tasdiqladi.
Shu bilan birga, Messining «Kamp Nou»ga qaytishi uchun asosiy shart uning klub prezidenti Joan Laporta bilan yarashishidir. Bu haqda Goal portali xabar bermoqda.
Messi va Laporta o'rtasidagi munosabatlar futbolchi 2021 yilda «Barselona»ni tark etishga majbur bo'lganidan so'ng keskinlashgan.
O'shanda kataloniyaliklar argentinalik futbolchining yangi shartnomasini moliyaviy tomondan hal qilmagan. Endi Messi va Laporta birga uchrashmoqchi.
Qayd etilishicha, Lionel Messi hamon yuqori saviyada o'ynashni xohlaydi, shu bois uni MLS va Saudiya Arabistoni variantlari qiziqtirmaydi.
31-Mart 2023,21:20