"Barselona" ustozi Xavi Ernandes "PSJ" hujumchisi Lionel Messining jamoaga qaytishini xursandchilik bilan kutib oladi. Bu haqda jurnalist Fernando Polo xabar tarqatdi. Agar Leo "Kamp Nou"ga qaytadigan bo'lsa, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Messidan to'rtinchi yarim himoyachi sifatida foydalanmoqchi. Boisi, argentinalik futbolchida pas berish xususiyati yuqori darajada. Ispaniyalik mutaxassis ushbu vazifaga o'tgan yilning yozida «Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silvani olib kelmoqchi bo'lgandi, ammo ushbu transferni amalga oshirishning imkoni bo'lmadi. Murabbiyning g'oyasiga ko'ra, Pedri va Messi maydon markazida hukmronlik qo'lga olgan bo'lardi. Boz ustiga, Messining o'zi ham «Barselona»ga qaytishni istamoqda va buning uchun kam maoshga ham rozi bo'lishi mumkin.
1-Aprel 2023,12:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0