Ispaniya La Ligasi prezidenti Xaver Tebas "Barselona"ning ikki sobiq prezidenti Xosep Mariya Bartomeu va Sandro Roseluga qarshi soxta dalillar keltirgani uchun "Barselona"ning keskin tanqidiga munosabat bildirdi.
Avvalroq Diario Sport La Vanguardia nashriga tayanib, Tebas prokurorga "Barselona"ning ikki sobiq prezidentini ayblovchi xat yo'llagani haqida xabar bergandi. Biroq, ma'lum bo'lishicha, bu hujjat boshqa holatga - Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi tomonidan mablag'larni noto'g'ri ishlatishga tegishli ekan. Tebas hujjatda ko'rsatilgan nomlarni "Barselona"ning sobiq prezidentlari va Xose Mariya Enrikes Negreyraga to'lovlar bilan bog'ladi. “Barselona” bunga javoban Tebasdan omma oldida kechirim so'rashini hamda iste'fosini talab qildi.
"Barselona" maktubni prokuraturaga topshirishdan oldin, La Liganing yuridik maslahatchisi 21 fevral kuni Delegatlar komissiyasiga xat mazmuni va uning hujjatlari haqida ma'lumot berdi. Men vaziyatni aniq baholadim, siz-chi?", degan Tebas ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
3-Aprel 2023,23:30