"Barselona" o'z saytida Xaver Tebasni La Liga prezidenti lavozimini tark etishga chaqirgan bayonot tarqatdi.
La Vanguardia xabariga ko'ra, Tebas Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi hakamlar texnik qo'mitasi sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga to'lovlar bo'yicha prokuraturaga yolg'on dalillar yuborgan.
"La Liga prezidenti Xaver Tebas klubimizni ayblash uchun prokuraturaga yolg'on dalillar yuborgan shaxs sifatida tilga olingan La Vanguardia nashrida paydo bo'lgan ma'lumotlarning jiddiyligini inobatga olib, “Barselona” o'zining chuqur g'azabi va xavotirini bildirmoqchi. .
Biz La Liga prezidentidan zudlik bilan jamoatchilikka tushuntirish berishini so'raymiz. "Barselona" o'zini hech qachon bo'lmagan faktlar uchun OAV qurbonidek his qilmoqda: klub hech qachon hakamlarga pora bermagan. Bu La Liga prezidentining "Barselona"ni xafa qilish uchun OAVdan foydalanishi birinchi marta emas. La Vanguardia nashrida chop etilgan xabar shunchalik jiddiyki, u ligadagi barcha klublarni ogohlantirishi kerak.
Aynan shu fakt, ya'ni o'z lavozimiga to'g'ri kelmaydigan vazifalarni topshirgani, shuningdek, La liga prezidenti lavozimiga hurmat hissi tufayli janob Tebas o'z lavozimini tark etishi kerak", - deyiladi xabarda.
3-Aprel 2023,22:30