Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya kubogining yarim final javob o'yinida “Barselona” bilan (0:4) bo'lib o'tgan o'yin haqidagi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz mukammal o'yin o'tkazdik, aks holda bu stadionda 4:0 hisobida g'alaba qozonishning iloji bo'lmasdi. Birinchi bo'lim boshida muammolarga duch keldik, ammo birinchi gol uchrashuv dinamikasini o'zgartirdi. Bunday o'yinda xarakter va tajriba muhim ahamiyatga ega. Tarkibda siz Rodrigo, Valverde, Kamavinga kabi energiyani Vinisius, Modrich, Krooslar tajribasi bilan uyg'unlashtirishga erishishingiz kerak. Ular ajoyib o'yin o'tkazishdi.
Fevral oyida men finalga chiqamiz deb hazillashgandim. Biz La Liga o'yinidagi kabi yondashuvni saqlab qoldik, lekin men Rodrigoning pozitsiyasi talqinini o'zgartirdim. Kichik tafsilotlar uchrashuvga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi. Biz g'alabani kiyinish xonasida nishonladik, chunki final yo'lida muhim to'siqni engib o'tgandik", - dedi Anchelotti.
6-Aprel 2023,09:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0